Bhn

O‘zbekiston 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida xorijdan 597,72 mln dollarlik 132 ming tonna qoramol go‘shti import qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qiymat jihatidan 29,6 foizga, hajm bo‘yicha esa qariyb 17,7 foizga ko‘p. Ma’lumotlar Bojxona qo‘mitasi statistikasida keltirilgan.

2025-yilning dastlabki to‘qqiz oyida mamlakatga 461,1 mln dollarlik 112,1 ming tonna mol go‘shti olib kelingan. 2024-yilning mos davrida esa import hajmi 62,1 ming tonna, qiymati 243,3 mln dollarni tashkil etgan.

Eng ko‘p import avgust va sentyabrda amalga oshirildi

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida mol go‘shti importi oylar kesimida quyidagicha bo‘lgan:

  • Yanvar — 11,6 ming tonna;
  • Fevral — 14,3 ming tonna;
  • Mart — 12,7 ming tonna;
  • Aprel — 11,2 ming tonna;
  • May — 9,3 ming tonna;
  • Iyun — 12,9 ming tonna;
  • Iyul — 18 ming tonna;
  • Avgust — 21 ming tonna;
  • Sentyabr — 20,9 ming tonna.

Shunday qilib, eng katta import hajmi avgust oyida qayd etilgan. Undan keyingi o‘rinda sentyabr turadi.

Import go‘shtining o‘rtacha narxi oshdi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida import qilingan bir kilogramm mol go‘shtining o‘rtacha qiymati qariyb 4,53 dollarni tashkil etdi. 2025-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich taxminan 4,11 dollar bo‘lgan.

By admin