Gu

Rossiyaning “Insiti Logistika” MCHJda ishlayotgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolari hujjatlari olib qo‘yilgani va ish haqlari to‘lanmayotganidan shikoyat qilgan. Ular bu masalada O‘zbekiston Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasiga murojaat qilgan.

28-sentyabr kuni kelib tushgan murojaat asosida vakolatxona xodimlari korxona manziliga borib, ish beruvchi bilan muzokara o‘tkazgan. Natijada ishchilarning hujjatlari qaytarilgan.

Shuningdek, ish beruvchi to‘lanmagan ish haqlarini 48 soat ichida to‘lab berish majburiyatini olgan. Migratsiya agentligi mazkur masala vakolatxona nazoratida ekanini ma’lum qildi.

Rossiyada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari murojaatlari yuzasidan Migratsiya agentligining 24/7 koll-markaziga +7 (495) 803-40-00 yoki ishonch telefoniga +7 (925) 045-47-44 raqamlari orqali bog‘lanishi mumkin.

By admin