Avto

Toshkentda jamoat transportida yo‘l haqi tariflarini 1-oktyabrdan qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda. Transport vazirligi tariflarning ehtimoliy o‘zgarishi sabablari va tashuvchilar xarajatlari haqida batafsil tushuntirish berdi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi jamoat transportida yo‘l haqi tariflarini qayta ko‘rib chiqish loyihasini 9-sentyabrgacha jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygandi. Unga ko‘ra, 1-oktyabrdan quyidagi tariflarni joriy etish taklif qilinmoqda:

  • avtobus yoki metroda bir martalik elektron to‘lov — 2 500 so‘m. Hozir bu 1 700 so‘m;
  • naqd pul bilan to‘lov — 3 000 so‘m miqdorida saqlab qolinadi;
  • bagaj tashish haqi — 4 000 so‘m.

Barcha tariflar QQSni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan. Loyihada doimiy yo‘lovchilar uchun yangi abonementlar hamda jamoat transportining bir turidan boshqasiga o‘tish uchun alohida almashish tariflari ham nazarda tutilgan.

Transport xarajatlari nimalardan iborat?

Transport vazirligi yo‘l haqi narxining o‘zgarishi aholining kundalik xarajatlariga bevosita ta’sir qilishini qayd etdi. Shu sababli jamoat transportining xarajatlari va yo‘lovchiga ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida ochiq tushuntirish berish muhimligi ta’kidlangan.

Bugungi kunda Toshkent jamoat transporti har kuni qariyb 2,5 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatmoqda. Poytaxt aholisi va hududi kengayishi bilan transport xizmatlariga ehtiyoj ham ortib bormoqda.

Amalga oshirilgan islohotlar natijasida harakat tarkibi qariyb ikki barobarga kengayib, avtobuslar soni 1 900 taga yaqinlashgan. O‘rtacha qatnov oralig‘i 30 daqiqadan 15 daqiqagacha qisqargan.

Vazirlikka ko‘ra, avtobus yoki boshqa transport vositasini sotib olishning o‘zi yetarli emas. Ularning har kuni yo‘nalishga chiqishi va texnik soz holatda bo‘lishini ta’minlash uchun haydovchi va texnik xodimlar ish haqi, yonilg‘i va elektr energiyasi, ehtiyot qismlar, texnik xizmat va

By admin