Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik haqida xabar berish uchun 1246 Call-markazi ishga tushirildi

Mm

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, shafqatsiz munosabat va ularning hayoti hamda sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar haqida tezkor xabar berish imkonini beruvchi 1246 qisqa raqamli Call-markaz ishga tushirildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qisqa raqam orqali bolalarga nisbatan jismoniy, ruhiy yoki jinsiy zo‘ravonlik, beparvolik, shafqatsiz munosabat hamda ularning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi boshqa holatlar yuzasidan murojaat qilish mumkin.

Call-markazga kelib tushgan barcha murojaatlar qabul qilinadi va murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Hozirda 1246 qisqa raqamli Call-markazi sinov rejimida faoliyat yuritmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Senat bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonunni ma’qullagan edi. Unga ko‘ra, pedagogik faoliyati davomida voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik sodir etgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxslar bir yil davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etiladi.

Yangi Call-markazning ishga tushirilishi bolalarning huquqlari va xavfsizligini ta’minlash, zo‘ravonlik holatlari haqida tezkor xabar berish hamda jabrlanganlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *