Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda dam olish kunlari ham jazirama issiq bo‘ladi

Issu

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududida issiq va asosan quruq ob-havo saqlanib qoladi. Ayrim hududlarda shamol kuchayishi, tog‘li joylarda esa qisqa muddatli yomg‘ir va sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin.

“O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, respublikaning aksariyat hududlarida havo kam bulutli bo‘ladi. Faqat ayrim tog‘li tumanlarda, shuningdek, 12-iyul kuni Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Kunduzi havo harorati 37–40 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarda esa 41–43 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi va ertalab havo 22–27 daraja iliq bo‘ladi.

11–12-iyul kunlari ayrim hududlarda shamol tezligi sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi, buning oqibatida ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Sinoptiklar Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi hamda tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimolidan ogohlantirdi.

Poytaxtda ham dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkentda kunduzgi harorat 38–40 daraja, kechasi esa 23–25 daraja atrofida bo‘ladi.

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, iyul oyining ikkinchi yarmi ham odatdagidan issiqroq kechadi. Oy oxirigacha havo harorati 33–38 darajadan 38–43 darajagacha o‘zgarib turishi, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarining ayrim joylarida esa 45 darajagacha yetishi mumkin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *