Haftalik

Haftalik yangiliklar

Yangi Buxoro aeroporti bo‘yicha tenderning dastlabki bosqichi yakunlandi

Lkjj

Yangi Buxoro xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish va boshqaruvga berish bo‘yicha tenderning dastlabki malaka bosqichi yakunlandi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, xususiy sherikni tanlash jarayonining dastlabki malaka bosqichi (RFQ) 2026-yil 11-martdan 21-maygacha davom etgan. Arizalarni ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra, Idoralararo tender komissiyasi tomonidan keyingi bosqichga o‘tgan talabgorlar ro‘yxati tasdiqlangan.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, loyiha xalqaro miqyosda katta qiziqish uyg‘otgan. Buyuk Britaniya, Irlandiya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Shveysariya, Belgiya, Polsha, Albaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Kanada, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Bahrayn, BAA va Qatar kabi davlatlarning kompaniyalari hamda mahalliy korxonalar loyiha bo‘yicha qiziqish bildirgan.

Dastlabki bosqichda jami 51 ta kompaniya va tashkilot tenderda ishtirok etish istagini bildirgan.

Texnik, huquqiy va moliyaviy mezonlar asosida o‘tkazilgan uch bosqichli baholash yakunida 6 ta xalqaro kompaniyadan iborat qisqa ro‘yxat shakllantirilgan. Ular tenderning ikkinchi bosqichi — takliflar so‘rovi (RFP) jarayonida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan.

Qayd etilishicha, loyiha O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Loyiha prezidentning 2024-yil 30-avgustdagi davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirishga qaratilgan qarori asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, transport infratuzilmasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etishni nazarda tutadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *