Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va ekologik madaniyatni oshirish maqsadida “10 ming qadam piyoda” tashabbusini rag‘batlantirish tizimi bosqichma-bosqich ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Prezidentning “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasidagi qarorida “10 ming qadam piyoda” tajribasini qayta tiklash hamda “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda aksiya doirasida fuqarolarni rag‘batlantirish, jumladan pul to‘lash mexanizmini ishlab chiqish ishlari davom etmoqda.
Shuningdek, ekologik madaniyatni oshirish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish maqsadida “Eko-faol fuqaro” platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Undan mobil ilovalar orqali foydalanish mumkin.