Haftalik

Haftalik yangiliklar

Nukusda 200 ming dollar talab qilgan tovlamachi qo‘lga olindi

Myyg

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida fuqarodan 200 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1980-yilda tug‘ilgan chet el fuqarosi Qoraqalpog‘iston IIVga ariza bilan murojaat qilgan. Unda u rahbarlik qilayotgan jamiyatning Nukusdagi filialida operator bo‘lib ishlagan S ismli shaxs internet orqali yozishmalar orqali bosim o‘tkazayotganini bildirgan.

Arizaga ko‘ra, mazkur shaxs jamiyat obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar borligini aytib, ularni ommaviy axborot vositalariga tarqatish bilan qo‘rqitgan. Evaziga esa 200 ming dollar talab qilgan.

Qayd etilishicha, S ismli fuqaro muqaddam ham jinoyat ishlari bo‘yicha sudlangan bo‘lishiga qaramay, yana noqonuniy faoliyatga qo‘l urgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida u Nukus shahridagi mehmonxonalardan birida ariza egasidan 200 ming dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *