Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkentda chiqindidan qarzdorlarning elektr to‘loviga cheklov kiritish boshlandi

91j4jk16964138594902 l

Toshkent shahrida chiqindi xizmatlaridan qarzdor bo‘lgan 6 ming nafar abonentning elektr to‘lovi bo‘yicha vaqtincha cheklov o‘rnatildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish agentligi ma’lum qildi.

Agentlikka ko‘ra, 5-noyabr kuni chiqindi xizmatlari bo‘yicha jami 2 milliard 239 million so‘mlik debitor qarzdorlik uchun poytaxt bo‘yicha 25 ming 121 ta abonent “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “2100” qisqa raqamidan SMS-xabar orqali ogohlantirilgan.

Ogohlantirilgan abonentlardan 5 kun ichida qarzdorlikni bartaraf etmagan 6 ming nafarining elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyati vaqtincha cheklangan.

Hozirda Toshkent shahri bo‘yicha chiqindi xizmatlaridan 582 million so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjud. Qarzdorlik to‘liq bartaraf etilgach, elektr to‘loviga qo‘yilgan cheklovlar darhol bekor qilinadi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar bo‘yicha bunday tartib 2025-yil 1-iyuldan boshlab joriy etilgan bo‘lib, 5-noyabrdan qo‘llanila boshlandi. Ushbu mexanizm joriy yilning dekabr oyidan boshlab respublikaning boshqa hududlarida ham tatbiq etiladi.

Sanitar tozalash korxonalari chiqindi to‘lovlarini hisoblashda aniqlik va haqqoniylik uchun mas’ul hisoblanadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *