Haftalik

Haftalik yangiliklar

Mahalliy elektrotexnika ishlab chiqaruvchilarga QQS boʻyicha teng sharoit yaratiladi

Ynui

Oʻzbekistonda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) toʻlashda importyorlar bilan teng sharoitlar yaratiladi. Bu haqda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Prezident ishtirokidagi yigʻilishdan soʻng maʼlum qildi.

Qaror natijasida 120 million dollarlik mahsulotlarni mahalliy korxonalar orqali yetkazib berish imkoniyati yuzaga keladi.

Yigʻilishda misni qayta ishlash orqali yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalari taqdim etildi. Dastlabki bosqichda 110–220 kV quvvatdagi kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, bu yo‘nalishda Saudiya Arabistonining Riyadh Cables kompaniyasi bilan hamkorlik koʻzda tutilgan.

Shuningdek, Ohangarondagi Eltech Industrial texnoparkida 400 million dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Prezident yirik loyihalarda mahalliy kontent ulushini oshirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga QQS boʻyicha teng imtiyozlar berilishini nazoratga olishni topshirdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *