Farg‘ona viloyatining Quva tumanida 21 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Damas avtomobili piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 66-maktabning uchinchi sinf o‘quvchisini urib yubordi.
Hodisa soat 7:30 atrofida sodir bo‘lgan. Jarohat olgan bola tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
