Hukumat qarori bilan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, ijara oluvchi faqat qonunchilikda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqlarini ijara beruvchining roziligisiz garovga qo‘yishga haqli.
Yer uchastkasiga ijara huquqini garovga olgan holda kredit berish tartibi kredit tashkiloti tomonidan ichki qoidalarga muvofiq mustaqil belgilanadi.
Kredit tashkiloti tomonidan kredit ta’minoti sifatida ijara huquqi yer uchastkasining ijara muddati va uning bozor qiymatidan kelib chiqib garovga olinadi.
Bunda garovga qo‘yilayotgan yer uchastkasining ijara huquqi muddati kreditni qaytarish muddatidan kamida 5 yil ortiq bo‘lishi lozim.
Yer uchastkasiga ijara huquqi garovini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali tomonidan amalga oshiriladi.
Ijara huquqini garovga qo‘yuvchi tugatilganda, garov oluvchi garov predmetiga muddatidan oldin undiruv qarash huquqiga ega bo‘ladi.
Bu yangilik juda qiziq! Boshqa uylarni ijaraga berish uchun garov qo‘yish, albatta, yangi usul. Ehtimol, bu yer uchastkalarni oddiy kreditlardan ko‘proq qadriyatli qilib ko‘radi. Aytish kerak, bu garovga olingan yer uchastkasi muddati kredit muddatidan kamida 5 yil ko‘p bo‘lishi shart, bu esa vaqt o‘tishi bilan yaxshi qaror bo‘lishi mumkin. Biroq, hamma narsa yaxshi bo‘lmasligi mumkin – aytaylik, vaqtida garov tugayotgan bo‘lsa, keyin kim esa garov oluvchini garov predmetiga undirishga majbur bo‘ladi, ha? Buni qanday baholayotganiz, xolos?nano banana image creation