Haftalik

Haftalik yangiliklar

Sud-ekspertlik faoliyati raqamlashtiriladi

Vt

Prezidentning 2025-yil 8-sentabrda qabul qilingan “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va soha­ga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan sud-ekspertiza tizimida raqamlashtirish jarayonlari belgilab berildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qarorga muvofiq, sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilangan:

  • sud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish orqali tadqiqotlarning tezkorligi, xolisligi va to‘liqligini ta’minlash;

  • sud-ekspertiza tashkilotlari va ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali sohada elektron hujjatlar almashinuvini 100 foizga yetkazish.

Qarorga ko‘ra, sudlar, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli organlar bilan elektron hujjatlar almashinuvini ta’minlovchi “E-ekspertiza” axborot tizimi sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatiga to‘liq joriy etiladi.

Mazkur platforma va ekspertiza tayinlovchi organlar axborot tizimlari o‘rtasida elektron ma’lumot almashinuvi bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi:

  • 2026-yil 1-yanvardan respublika darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda;

  • 2026-yil 1-iyundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasidagi organlarda;

  • 2026-yil 1-sentabrdan tuman (shahar) darajasidagi organlarda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *