Abror Po‘latov Prezident administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu bo‘yicha Prezident administratsiyasi rahbarining farmoyishi imzolandi.
Abror Po‘latov 1986-yil 12-fevralda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2006-yilda Toshkent islom universitetining huquqshunoslik fakultetini, 2008-yilda O‘zbekiston Milliy universitetining Oliy jurnalistika kursini tamomlagan. U siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori.
Po‘latov 2007–2019-yillarda IIV Transport IIBB, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi matbuot kotibi, “Avtoradio media” xususiy korxonasi direktori hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot kotibi lavozimlarida ishlagan.
U 2022-yil may oyida O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi bosh direktori etib tayinlangan. Bungacha assotsiatsiya bosh direktorining ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
