Polshada avgust va sentyabr oylarida vafot etgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga olib kelindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Olshtin shahrida 24-avgust kuni J.X. balandlikdan yiqilib, og‘ir bosh miya jarohati oqibatida vafot etgan. Uning jasadi 5-sentyabr kuni O‘zbekistonga olib kelingan.
Shuningdek, 5-sentyabr kuni Shetsin shahrida T.E. vafot etgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘limiga qoqshol sabab bo‘lgan. Marhumning jasadi 20-sentyabr kuni Toshkentga olib kelingan.
Har ikki fuqaroning jasadini Polshadan O‘zbekistonga olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar Migratsiya jamg‘armasi hisobidan qoplangan.
O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi mahalliy organlar bilan hamkorlikda jasadlarni vatanga qaytarish jarayonini muvofiqlashtirgan.
