Suv

Toshkent viloyatida aholi uchun ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflari oshiriladi. Yangi narxlar xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 16-sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ xizmat ko‘rsatadigan hududlarda aholi uchun 1 kub metr ichimlik suvining tarifi 2 600 so‘mdan 3 100 so‘mga oshiriladi. QQS bilan hisoblaganda tarif 3 472 so‘mni tashkil etadi.

Oqova suv xizmatining 1 kub metri uchun tarif esa 1 300 so‘mdan 1 500 so‘mga ko‘tariladi. QQS bilan yangi narx 1 680 so‘m etib belgilangan.

“Chimgan-Chorbog‘ magistral suv ta’minoti” AJ xizmat ko‘rsatadigan hududlarda ham tariflar oshiriladi. Bu hududlarda aholi uchun 1 kub metr ichimlik suvi 1 500 so‘mdan 1 700 so‘mga, oqova suv xizmati esa 1 150 so‘mdan 1 350 so‘mga qimmatlashadi.

QQS bilan yangi tariflar ichimlik suvi uchun 1 904 so‘m, oqova suv xizmati uchun esa 1 512 so‘mni tashkil etadi.

Qarorda yangi tariflarni joriy etish bilan birga xizmatlar sifatini yaxshilash hamda aholi

By admin