Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekiston yetti oyda rekord darajada shakar import qildi

Mn

O‘zbekiston 2026-yilning yanvar-iyul oylarida 505,4 ming tonna shakar import qildi. Bu mamlakat tarixidagi rekord ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, avvalgi yillarning to‘liq davridagi import hajmiga yaqinlashdi.

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yetti oyda xorijdan umumiy qiymati 348,1 million dollarlik shakar sotib olingan. Import qilingan mahsulotning bir tonnasi o‘rtacha 688 dollardan to‘g‘ri kelgan.

2025-yilning mos davrida esa O‘zbekistonga 116 million dollarga 187,2 ming tonna shakar olib kirilgan. O‘shanda bir tonna mahsulotning o‘rtacha import narxi 619 dollarni tashkil etgan.

Shu tariqa, joriy yilning dastlabki yetti oyida shakar importi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 baravarga oshgan. Import narxi esa bir yil ichida 11 foizga qimmatlashgan.

Taqqoslash uchun, 2025-yil davomida O‘zbekistonga jami 516 ming tonna shakar import qilingan. 2024-yilda esa ushbu ko‘rsatkich 275,2 ming tonnani tashkil etgan.

Iyulda qariyb 100 ming tonna shakar olib kirildi

2026-yilning dastlabki yetti oyida shakar importining eng yuqori hajmi iyul oyida qayd etilgan — 99,2 ming tonna.

Oylar kesimida import hajmi quyidagicha:

  • yanvar — 51,5 ming tonna;
  • fevral — 60 ming tonna;
  • mart — 70,9 ming tonna;
  • aprel — 80 ming tonna;
  • may — 68,5 ming tonna;
  • iyun — 75,3 ming tonna;
  • iyul — 99,2 ming tonna.

Shu bilan birga, import hajmining keskin oshishiga qaramay, ichki bozorda shakar narxi pasaygan. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil iyulida O‘zbekistonda shakar narxi yillik hisobda 6,3 foizga arzonlashgan.

One thought on “O‘zbekiston yetti oyda rekord darajada shakar import qildi

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *