Haftalik

Haftalik yangiliklar

Palma yog‘iga 10 foizlik aksiz solig‘i joriy etish taklif qilindi

Pl

O‘zbekistonda palma yog‘iga 10 foizlik aksiz solig‘i joriy etish taklif qilindi. Bu tashabbus Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Fiskal tahlillar instituti tomonidan 2027-yilga mo‘ljallangan soliq siyosati bo‘yicha ilgari surildi.

Institut vakilining ma’lum qilishicha, aksiz solig‘i odatda inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ta’kidlanishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti palma yog‘ini to‘yingan yog‘lar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulot sifatida baholaydi. Shuningdek, Jahon banki bunday mahsulotga aksiz solig‘i joriy etish iste’molni kamaytirish va davlat budjeti daromadlarini oshirishga xizmat qilishi mumkinligini qayd etgan.

Institut hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekiston 12 ming 789 tonna palma yog‘i import qilgan. Mahsulotning o‘rtacha import narxi bir tonnasi uchun 1 400 dollarni tashkil etgan.

Mutaxassislar hisobiga ko‘ra, palma yog‘iga 10 foizlik aksiz solig‘i joriy etilishi davlat budjetiga qariyb 22 milliard so‘m qo‘shimcha daromad keltirishi mumkin.

Mazkur tashabbus hozircha 2027-yilga mo‘ljallangan soliq siyosati bo‘yicha takliflardan biri hisoblanadi. Qabul qilinishi uchun u tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishi lozim.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *