Akbar Sakiyev 10-iyun kuni Jizzax shahri prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2022-yil mart oyidan buyon Jizzax shahar prokurori sifatida faoliyat yuritib kelgan Muzaffar Mamatov xizmat faoliyatidagi yuqori natijalari va kasbiy salohiyati inobatga olinib, Jizzax viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Uning o‘rniga Akbar Sakiyev Jizzax shahri prokurori etib tayinlandi.
Qayd etilishicha, Akbar Sakiyev 2023-yil iyul oyidan buyon Mirzacho‘l tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan. U bundan avval esa Do‘stlik tumani prokurori sifatida faoliyat yuritgan.
Tayinlov munosabati bilan mutasaddilar tomonidan yangi prokurorning zimmasiga qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi vazifalar yuklatildi.