Janubiy Koreyaning Shinhan Banki O‘zbekistonda sho‘ba bank ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Pulse nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bank O‘zbekistonda sho‘ba kompaniya tashkil etish bo‘yicha ichki qarorni qabul qilgan. Tegishli ariza 2026-yilning birinchi yarmida mahalliy regulyatorga topshirilishi kutilmoqda.
Agar ruxsat berilsa, bu Shinhan Bank’ning 11-xorijdagi sho‘basi bo‘ladi. Shuningdek, u O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning yirik banklari orasida birinchi bo‘lib to‘liq formatda faoliyat yuritadigan moliyaviy institutga aylanishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, bank O‘zbekistonni yuqori iqtisodiy o‘sish salohiyati sababli istiqbolli xorijiy yo‘nalish sifatida tanlagan. Rejalarga muvofiq, mamlakatdagi bo‘linma 2027-yildayoq to‘liq ish boshlashi mumkin.