Haftalik

Haftalik yangiliklar

Fevralda Oʻzbekiston dunyodagi eng koʻp oltin sotib olgan davlatlardan boʻldi

Oltin

Oʻzbekiston 2026-yil fevralda dunyo boʻyicha yirik oltin xaridorlaridan biri boʻldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi maʼlum qildi.

Fevralda eng koʻp oltinni Polsha Markaziy banki sotib olgan — 20 tonna. Keyingi oʻrinni 8 tonnalik xarid bilan Oʻzbekiston egallagan. Oʻz navbatida Chexiya (2 tonna), Malayziya (2 tonna), Xitoy (1 tonna) va Kambodja (1 tonna) ham oltin xaridini amalga oshirgan.

Tahlil qilinishicha, Oʻzbekiston Markaziy banki fevralda sotib olgan qimmatbaho metall hisobiga mamlakat oltin zaxiralari hajmi 407 tonnaga yetgan. Tillalar qiymati respublika umumiy oltin-valyuta zaxiralarining 88 foiziga teng, deyiladi tahlilda. Kengash mamlakat ketma-ket besh oydan beri oltin sotib olayotganini alohida taʼkidlangan.

Oʻzbekistonda ikkita yirik korxona — Navoiy va Olmaliq kon metallurgiya kombinatlari oltin qazib oladi. Markaziy bank ulardan oltinlarni sotib oluvchi yagona xaridor va eksklyuziv huquq egasi hisoblanadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *