Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkent shahar IIBBning ikki tezkor xodimi pora bilan ushlandi

Lop

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahar IIBBning ikki nafar tezkor xodimi pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda DXX axborot xizmati ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Shayxontohur tumani IIO FMB Jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor vakili Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor vakili bilan til biriktirib, Olmazor tumanida yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan fuqaroning yonidan 3 gramm gashish moddasi topilgani holati yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv materiallari doirasida uni jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga 2 200 AQSH dollari talab qilgan.

Qayd etilishicha, muqaddam ushbu summaning 1 000 dollari olingan. Tezkor tadbir davomida qolgan 1 200 dollarni o‘z xizmat xonasida olayotgan vaqtida DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor vakili ham protsessual tartibda qo‘lga olingan.

Hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *