Haftalik

Haftalik yangiliklar

Mirziyoyev Eron oliy diniy rahbari vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Sd

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonga yo‘llagan maktubida Islom inqilobi rahbari Sayyid Ali Xomanaiyning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor etdi. Bu haqda Eronning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

Davlat rahbari maktubida Eron oliy diniy rahbari Oyatulloh-ul-uzmo Sayyid Ali Xomanaiy va uning oila a’zolari vafot etgani haqidagi noxush xabar qalblarni chuqur iztirobga solganini qayd etgan.

Ta’kidlanishicha, u ko‘p yillik faoliyati davomida Eron davlatchiligini mustahkamlash, jamiyat barqarorligini ta’minlash hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash yo‘lida katta xizmatlar qilgan.

Shuningdek, maktubda Xomanaiy O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgani qayd etilgan. Uning yorqin xotirasi qalblarda doimo saqlanib qolishi ta’kidlangan.

“Ushbu musibatli va og‘ir damlarda siz, janobi oliylariga va do‘st Eron xalqiga samimiy hamdardlik izhor etamiz. Qodir Allohdan marhumlarning ruhini o‘z rahmatiga olishini, oila a’zolari va barcha yaqinlariga bardamlik va sabri jamil ato etishini so‘rab qolamiz”, deyiladi maktubda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *