Haftalik

Haftalik yangiliklar

Jizzaxda hokimlik xodimi 6,7 ming dollar olayotganda ushlandi

Kju

Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani hokimligining qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi fuqarodan 6,7 ming dollarni noqonuniy olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mansabdor shaxs o‘g‘liga tegishli bo‘lgan fermer xo‘jaligining 11 gektar yer maydonini xaridorga 11 ming dollarga sotishga kelishib, avvalroq 5 ming dollar olgan. Qolgan 6 ming dollarni hamda yerga doir hujjatlarni hokimlik va kadastr idoralaridagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga qo‘shimcha 700 dollar talab qilgan.

U jami 6 ming 700 dollarni olayotgan vaqtda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda firibgarlik) hamda 28, 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *