Haftalik

Haftalik yangiliklar

Yangi Toshkent direksiyasi “boylar shaharchasi” haqidagi xabarlarga izoh berdi

Ax

Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi ijtimoiy tarmoqlarda loyiha doirasida go‘yoki “boylar shaharchasi” barpo etilishi rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Ayrim Telegram kanallarida 2030-yilgacha topshirilishi kutilayotgan megaloyiha doirasida oddiy xonadon va kottejlar bilan bir qatorda har bir villasi 2–3 million dollarga teng bo‘lgan alohida hudud qurilishi rejalashtirilgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Direksiya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Qayd etilishicha, Yangi Toshkent loyihasi doirasida hech qanday “boylar shaharchasi”ni barpo etish nazarda tutilmagan.

Direksiya izohiga ko‘ra, loyiha birinchi bosqichi maketida aks etgan ayrim kottejlar kelgusida O‘zbekistonda faoliyat yuritadigan xorijiy davlatlarning favqulodda va muxtor elchilari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari uchun xizmat turar joyi sifatida mo‘ljallangan.

Hozirda loyiha birinchi bosqichi doirasida 6 ming gektar hududda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. Rejalarga muvofiq, 2033-yilgacha 600 ming aholi uchun zamonaviy infratuzilma yaratiladi. Loyiha to‘liq yakunlangach esa Yangi Toshkent 2 million aholiga mo‘ljallangan megapolisga aylanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, direksiya yolg‘on axborot tarqatish uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanganini eslatib, fuqarolarni faqat rasmiy manbalarga tayanishga chaqirdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *