Haftalik

Haftalik yangiliklar

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbon bor

Aaz

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi ko‘p qavatl uyda 16-fevral kuni gaz portladi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 21:23 da yetib borib, 21:25 da yong‘inni o‘rab oldi va 21:32 da to‘liq bartaraf etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa gaz-havo aralashmasining portlashi oqibatida sodir bo‘lgan.

Portlash oqibatida 28-uyning 50 kvadrat metr maydondagi tom va shift qismi hamda uy jihozlari yongan. Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro turli darajada kuyish tan jarohati olib, shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, jabrlanganlardan biri shifoxonada vafot etgan. Hozirda hodisa sabablari aniqlanmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *