Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

Hhg

O‘zgidromet 16–17-fevral kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Ma’lumotga ko‘ra, 9 ta viloyatda sel xavfi mavjud:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor;

  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot;

  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon;

  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana;

  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod;

  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari;

  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on;

  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq;

  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonabod shahri.

Mutaxassislar tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda. Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida suv bosish holatlari ham kuzatilishi mumkin.

Avvalroq, Jizzax viloyatining Forish tumanida 14-fevral kuni kuchli yomg‘ir sabab “Qizilqum” MFY hududida suv oqimi yuzaga kelgani, Qashqadaryoning Qamashi tumanida sel qayd etilgani, Toshkent shahrida esa yomg‘irdan so‘ng ayrim pastqam ko‘cha va hududlarga suv to‘plangani ma’lum qilingandi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *