Haftalik

Haftalik yangiliklar

    O‘zbekistonda zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi

    Bolazor

    O‘zbekistonda zo‘ravonlikdan jabrlangan hamda zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

    Qayd etilishicha, ijtimoiy xizmatlar zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar va ularning oilalariga himoya qilish rejasiga muvofiq tarzda taqdim etiladi. Ijtimoiy xavfli holatdagi bolalar va ularning oilalariga yordam individual integratsiya rejasiga asosan ko‘rsatiladi.

    Himoyaga muhtoj bolalar uchun quyidagi ijtimoiy xizmat turlari nazarda tutilgan:
    — 6 oygacha bo‘lgan muddatga qisqa muddatli ijtimoiy xizmatlar;
    — 1 yilgacha bo‘lgan muddatga uzoq muddatli ijtimoiy xizmatlar;
    — 1 yilgacha bo‘lgan muddatga tun-u kun ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar.

    Shuningdek, ushbu toifadagi fuqarolar uchun “Mehrli oila” xizmati tashkil etiladi.

    Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish istagini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxslar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining (“Ijtimoiy himoya” AT) tegishli xizmat ko‘rsatuvchilar yagona reyestriga kiritilishi lozim.

    Buning uchun talabgorlar maxsus so‘rovnomani to‘ldiradi. 10 ish kuni ichida so‘rovnomaning quyidagi talablarga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi:
    — talabgorda kamida 2 nafar psixoijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassis mavjudligi, ularning kamida 1 yillik ish stajiga ega bo‘lishi hamda sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomaning mavjudligi;
    — bino va inshootlarda sanitariya holatining ta’minlangani.

    So‘rovnoma tasdiqlangach, talabgor yagona reyestrga kiritiladi va bu haqda uning shaxsiy kabinetiga elektron xabarnoma yuboriladi.

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *