Toshkentda 2025-yilda kommunal xizmatlar bo‘yicha undirilgan qarzdorliklar bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar e’lon qilindi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida ichimlik suvi, tabiiy gaz va elektr ta’minoti korxonalari foydasiga 18 400 dan ortiq sud hujjatlari MIBga kelib tushgan. Shundan 12 124 ta ijro ishlari asosida jami 88,3 milliard so‘m qarzdorlik amalda undirildi.
Ichimlik suvidan qarzdorlarning o‘zidan 32 milliard so‘m undirildi. Energiya resurslari bo‘yicha esa jami 4 milliard so‘mlik mol-mulk xatlovga olinib, shundan 1,6 milliard so‘mlik mulklar elektron auksionlarda sotildi.
Shuningdek, 808 kishining 8,6 milliard so‘m qarzdorligi ularning ish haqi va boshqa daromadlaridan ushlab qolinib qaytarilgan.