Haftalik

Haftalik yangiliklar

Rossiyadan ota-ona qaramog‘isiz qolgan 14 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Sd

Rossiya Federatsiyasida ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, xizmat safari doirasida agentlik hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida Rossiya hududida ota-onasining qaramog‘isiz qolgan 14 nafar voyaga yetmagan bola vatanga qaytarilgan.

Bolalar Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport orqali mamlakatga olib kelinib, belgilangan tartibda vaqtincha Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.

Zarur hujjatlashtirish ishlari yakunlangach, 13 nafar bola ularni kutib olish uchun kelgan ota-onalariga topshirilgan. Yana 1 nafar bola esa markaz xodimlari hamrohligida Andijon shahriga yuborilib, onasiga topshirilishi rejalashtirilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *