Haftalik

Haftalik yangiliklar

Turkiyadagi bolalar uyida qolib ketgan 5 yoshli o‘zbekistonlik bola Vatanga qaytarildi

Ki

Turkiyada ota-ona qaramog‘isiz qolib, bolalar uyiga joylashtirilgan 5 yoshli bola O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonlik ayol 2020-yil noyabr oyida Turkiyadagi shifoxonalardan birida farzandli bo‘lgan. Biroq ona ko‘p o‘tmay kasallik tufayli vafot etgan. Shundan so‘ng chaqaloq bir necha yil davomida suriyalik va o‘zbekistonlik ayollar tomonidan parvarish qilingan.

Keyinchalik bola ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmagan sifatida xolasiga topshirilgan. Ammo bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi hujjatlari mavjud bo‘lmagani sababli u majburiy tartibda Istanbul shahridagi bolalar uyiga joylashtirilgan. Xolasining vasiylikni rasmiylashtirish haqidagi murojaati ham hujjatlar yo‘qligi bois bolalar uyi ma’muriyati tomonidan rad etilgan.

O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi va elchixonasi tomonidan Turkiyaning tegishli idoralari bilan olib borilgan muzokaralar, shuningdek, advokatlar jalb etilishi natijasida Turkiya sudi bolaning xolasi qaramog‘iga o‘tkazilishi bo‘yicha qaror chiqargan. Muammolar bartaraf etilgach, Bosh konsulxona tomonidan O‘zbekiston fuqarolari uchun “Vatanga qaytish guvohnomasi” rasmiylashtirilib, ular 18-yanvar kuni O‘zbekistonga qaytarilgan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari ota-ona qaramog‘isiz qolgan va xolasi qaramog‘iga o‘tgan bolaning yashashi, ta’lim-tarbiyasi hamda manfaatlari amaldagi qonunchilik doirasida ta’minlanishini ma’lum qilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *