Haftalik

Haftalik yangiliklar

Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga tushdi

Pora

Namangan viloyatida pora bilan bog‘liq ikki holat fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Pop tumani hokimining mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi yordamchisi 1988-yilda tug‘ilgan fuqaroga 49 yil muddatga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ajratib berilgan 30 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berish, shuningdek, ushbu yerning 6 sotix qismida qurilgan uy-joy uchun hujjatlarni tayyorlab berishni va’da qilgan.

U mazkur “xizmat” evaziga 2 ming AQSh dollari talab qilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida hokim yordamchisi pulning 1 ming dollarini o‘zining 1990-yilda tug‘ilgan tanishi orqali olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Boshqa bir holatda esa Kadastrlar palatasining Pop tuman filiali xodimi davlat zaxirasidagi 10 sotix yer maydoni va unda qurilgan uy-joyni mansabdor tanishlari orqali fuqaro nomiga xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berish evaziga pul talab qilgani aniqlangan. U 900 dollar va 4,8 million so‘m olayotgan vaqtida DXX, IIV va IJQKD xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *