Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda oltin quymalar yana qimmatlashdi — bir gramm narxi 1,85 mln so‘mga yaqinlashdi

Quyma

O‘zbekistonda 2026-yil 20-yanvar kuni oltin quymalar narxi yana oshdi. O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, bir gramm oltinning narxi 1 mln 848 ming 800 so‘mni tashkil etdi.

Shu kundan boshlab oltin quymalarining chakana narxlari quyidagicha belgilandi:

  • 5 gramm — 9 mln 244 ming so‘m;

  • 10 gramm — 18 mln 488 ming so‘m;

  • 20 gramm — 36 mln 975 ming so‘m;

  • 50 gramm — 92 mln 439 ming so‘m;

  • 100 gramm — 184 mln 877 ming so‘m.

Avvalroq, 12-yanvar kuni 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 9 million so‘mdan oshgani qayd etilgan edi. Oradan bir kun o‘tib, 13-yanvarda narxlar yana 2,3 foizga ko‘tarilib, 5 grammli quyma 9 mln 215 ming so‘mga yetgan. 14-yanvar kuni esa ushbu ko‘rsatkich 9 mln 262 ming so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, Markaziy bank 5-yanvardan boshlab oltin quymalarini qaytarib sotib olish narxlarini e’lon qilishni boshlagan. Qaytarib olish narxlari quyma qadog‘ining butligi yoki buzilganiga, ya’ni texnik talablarga mos kelish-kelmasligiga qarab farqlanadi.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, xalqaro qimmatbaho metallar bozori konyunkturasidan kelib chiqib, oltin narxlari kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *