Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkentda qidiruvdagilar bo‘yicha katta statistika: 3,9 ming shaxsdan 2,1 mingdan ortig‘i ushlandi

Mahk

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi 2025-yilda qidiruvga berilgan shaxslar va ular sodir etgan jinoyatlar bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, 2025-yil davomida Toshkent shahar IIBB, uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek prokuratura va sud organlari tomonidan qidiruv e’lon qilingan 3923 nafar shaxsning 2146 nafari qo‘lga olingan.

Jinoyatlar tahliliga ko‘ra, qidiruvda bo‘lganlarning eng katta qismi firibgarlik jinoyatlariga to‘g‘ri keladi. Xususan, Jinoyat kodeksining 168-moddasi bo‘yicha 1084 nafar shaxs qidiruvga berilgan. Shuningdek, o‘g‘irlik (169-modda) bo‘yicha 293 nafar, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 273–276-moddalar doirasida esa 143 nafar shaxs qidiruvda bo‘lgan.

Boshqa jinoyat turlari bo‘yicha qidiruvdagi shaxslar soni quyidagicha:

  • 97-modda (qotillik) – 6 nafar;

  • 104-modda (og‘ir tan jarohati yetkazish) – 18 nafar;

  • 118-modda (nomusga tegish) – 5 nafar;

  • 164-modda (bosqinchilik) – 16 nafar;

  • 165-modda (tovlamachilik) – 14 nafar;

  • 166-modda (talonchilik) – 38 nafar;

  • 135-modda (odam savdosi) – 7 nafar;

  • 167-modda (o‘zganing mulkini talon-toroj qilish) – 83 nafar;

  • 277-modda (bezorilik) – 48 nafar;

  • terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar – 20 nafar;

  • boshqa turdagi jinoyatlar – 443 nafar.

Shuningdek, respublika hududidan chiqib ketgan 86 nafar qidiruvdagi shaxs xorijiy huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ushlangan. Ulardan 73 nafari MDH davlatlarida, 17 nafari boshqa xorijiy mamlakatlarda qo‘lga olingan. Ushbu shaxslarning 67 nafari 2025-yil davomida O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.

Bundan tashqari, tergov va sud organlariga kelishdan bo‘yin tovlagan, biroq rasmiy qidiruv e’lon qilinmagan 741 nafar shaxs ham aniqlanib, tegishli idoralarga olib kelingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda uzoq yillar avval jinoyat sodir etib yashirinib yurgan 73 nafar shaxs ham qo‘lga olinib, qonun oldida javobgarlikka tortilgan. Jumladan, odam savdosi jinoyatida ayblanib, 2012-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan fuqaro 2025-yil 19-mart kuni ushlangan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *