Haftalik

Haftalik yangiliklar

Fargʻonada maktab direktori nohaq ishdan bo‘shatilganidan keyin lavozimiga qayta tiklandi

Dew

Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi 37-maktab direktori Hasanboy Nishonov mehnat inspeksiyasi qarori bilan lavozimiga qayta tiklandi.

Holat 2025-yil 25-dekabrdan 2026-yil 6-yanvargacha maktab oʻqituvchilarining bayram kunlarida navbatchilik qilishini nazarda tutuvchi buyruq skrinshotlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi fonida yuzaga kelgan edi. Buyruqda ikki smenada navbatchilik qilish majburiyati Yangi yil bayramida maktabni tinch va osoyishta saqlash, jamoa xavfsizligi va salomatligini ta’minlash maqsadida berilgani qayd etilgan.

Avval, Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi direktorni pedagogik jamoaga lavozim majburiyatiga kirmaydigan vazifa yuklagani sababli vazifasidan ozod qilganini ma’lum qilgan.

Keyinchalik aniqlanishicha, navbatchilikka asos bo‘lgan xatlar aslida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan chiqqan va barcha hududlarda tuman hamda shahar bo‘limlariga topshiriq sifatida yuborilgan. Shu sababli, direktor nohaq ishdan bo‘shatilgan hisoblanib, mehnat inspeksiyasi qaroriga ko‘ra lavozimiga tiklandi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *