Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda 2021-yilgacha “prava” olganlar uchun majburiy qayta imtihon bo‘lishi haqidagi xabarlar rad etildi

Vf

Haydovchilarni majburiy qayta imtihondan o‘tkazish haqidagi xabarlar Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan rad etildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “2021-yilgacha milliy haydovchilik guvohnomasini olgan haydovchilar yangi imtihon markazlarida grafik asosida majburiy tartibda, bepul qayta imtihondan o‘tkaziladi” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va hech qanday huquqiy asosga ega emasligini ma’lum qildi. Fuqarolardan asossiz va yolg‘on xabarlarni tarqatmaslik, tekshirilmagan ma’lumotlar orqali jamoatchilikni chalg‘itmaslik so‘ralmoqda.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2022-moddasiga ko‘ra, jamoat tartibi yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni, jumladan internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha jarimaga sabab bo‘ladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *