Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonlik ayollar asosan necha yoshda oila qurmoqda?

Rhhh

O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar—sentyabr oylarida jami 177 017 ta nikoh qayd etilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha shakllangan:
20 yoshgacha bo‘lganlar — 65 078 nafar (36,8 foiz),
20–30 yoshdagilar — 94 765 nafar (53,5 foiz),
31–40 yoshdagilar — 13 137 nafar (7,4 foiz),
41 yosh va undan kattalar — 4 037 nafar (2,3 foiz).

Shuningdek, 2025 yilning dastlabki 9 oyida mamlakat bo‘yicha 50 mingdan ortiq er-xotin ajrashish uchun sudlarga ariza bilan murojaat qilgan. Ulardan 27 578 tasida nikoh rasmiy ravishda bekor qilingan.

Ma’lumotlarda nikoh yoshini qisqartirish amaliyoti bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilingani qayd etilgan. So‘nggi 5 yil davomida hokimlar qarorlari asosida 391 ta holatda nikoh yoshi qisqartirilgan. Shu bilan birga, nikoh yoshiga yetmagan shaxslar bilan nikoh munosabatlariga kirishish, voyaga yetmagan farzandlarni turmushga berish yoki uylantirish, shuningdek, diniy marosimlarni amalga oshirish bilan bog‘liq holatlar ko‘paygani ta’kidlangan.

Qayd etilishicha, 2025 yilning 9 oyida O‘zbekistonda 155 nafar qiz voyaga yetmasdan turmushga berilgan bo‘lib, ularning yoshi 15–17 oralig‘ida bo‘lgan.

Muhokama yakunida Senat tomonidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga tegishli parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *