Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda aholining ichimlik suvi bilan qamrovi 85 foizga yetkaziladi

Rtr

O‘zbekistonda ichimlik suvi xizmatlaridan doimiy foydalanish imkoniyatiga ega aholi ulushini 2030-yilgacha 85 foizgacha oshirish maqsad qilingan. Bu “O‘zbekiston–2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasida ko‘zda tutilgan.

Bunda ichimlik suvi xizmatlaridan doimiy foydalanish qamrovini

2026-yilda — 82 foiz;
2027-yilda — 83 foiz;
2028-yilda — 84 foiz;
2029-yilda — 84 foiz;
2030-yilda — 85 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Tuyamo‘yin suv ombori hajmini qo‘shimcha 1 milliard kub metrga kengaytirib, 1,2 million gektarda suv ta’minotini yaxshilash va ichimlik suv zaxirasini yaratish ko‘zda tutilgan.

Respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini yanada oshiriladi. 2030-yilgacha suv ishlatish samaradorligini 25 foizga oshirish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini suv tejovchi texnologiyalari bilan ta’minlash darajasini 100 foizga yetkazish maqsad qilingan. Tomchilab sug‘orish texnologiyasi qamrovi 500 ming gektarga oshiriladi. Suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning yillik quvvati 300 ming gektarga yetkaziladi.

Loyihaga ko‘ra, barcha ichimlik suv iste’molchilariga hisoblagichlar o‘rnatish 100 foiz ta’minlanadi.

Yerosti suv sathi muammoli holatda bo‘lgan yer maydonlarini 773,4 ming gektargacha kamaytiriladi. 18,7 ming kilometr yoki 66 foizi tuproq o‘zanli bo‘lgan magistral va xo‘jaliklararo kanallarning beton qoplamali ulushi 13,1 ming kilometrga yoki 46 foizga yetkaziladi. Suv xo‘jaligida obyektlarni davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berish 2 012 taga yetkaziladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *