Haftalik

Haftalik yangiliklar

Uzbekistan Airways ichki reyslarda kechikkan yo‘lovchilarning qaytish chiptalarini bekor qilmaydi

Eir
Uzbekistan Airways O‘zbekiston bo‘ylab parvozlarda aviachiptalardan foydalanishning yangi qoidalarini joriy etdi. Bu haqda milliy aviakompaniya o‘zining rasmiy saytida ma’lum qildi.
O‘zgartirishlar yo‘lovchi tomonidan aviachiptada ko‘rsatilgan yo‘nalish ketma-ketligini buzish holatlariga ta’sir qiladi hamda yangi qoidalar 2026-yilning yanvaridan boshlab kuchga kiradi.
“Umumiy qoida: yo‘lovchini tashish shartnomasi aviachiptada ko‘rsatilgan yo‘nalish ketma-ketligida, birinchi jo‘nash punktidan boshlab amalga oshirilishi kerak”, deyiladi kompaniya xabarida.
2026-yil yanvar oyidan boshlab ichki yo‘nalishlardagi reyslarda yo‘nalish tartibini buzgan yo‘lovchilar uchun yangilangan qoidalar kuchga kiradi:
  • Agar yo‘lovchi parvozning birinchi yoki undan oldingi qismidan foydalanmagan bo‘lsa, aviakompaniya keyingi barcha yo‘nalish qismlari uchun bronni bekor qilmaydi. Yo‘lovchi chiptada ko‘rsatilgan qolgan yo‘nalish bo‘yicha parvozni davom ettirishi mumkin.
  • Bunday hollarda chiptani to‘lash uchun qo‘llanilgan tarif turidan qat’i nazar, yo‘lovchi foydalanmagan qismlarning qiymati qaytarilmaydi. Faqatgina foydalanilmagan parvoz qismlari uchun aeroport yig‘imlari qaytarilishi mumkin.
  • Foydalanilmagan parvoz qismlariga ega chiptalar qayta rasmiylashtirish uchun qabul qilinmaydi. Xalqaro reyslar uchun standart qoidalar amal qiladi:
  • Yo‘lovchi yo‘nalishning birinchi yoki undan oldingi qismiga kelmagan taqdirda, keyingi barcha yo‘nalishlar uchun bron yo‘lovchini ogohlantirmasdan avtomatik ravishda bekor qilinadi.
  • Yo‘lovchi chiptani to‘lashda qo‘llanilgan tarif qoidalariga muvofiq, ixtiyoriy qaytarish yoki qayta rasmiylashtirish shartlari asosida chiptani qayta rasmiylashtirishi yoki qaytarishi mumkin.
Eski tartibga ko‘ra, agar yo‘lovchi borish-kelish chiptasini sotib olib, birinchi reysga kechiksa va manzilga boshqa transportda yetib borsa, uning qaytish chiptasi haqiqiy emas deb topilar edi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *