Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda jami 10,7 mln nafar chet el fuqarosi tashrif buyurgan.
Mazkur davrda mamlakatga dunyoning 200 ta davlatidan turistlar kelgani qayd etilgan. Xorijiy fuqarolarning gender kesimidagi taqsimoti quyidagicha:
-
erkaklar — 5 850 226 nafar;
-
ayollar — 4 899 104 nafar.
Yosh guruhlari bo‘yicha turistlar soni:
-
0–18 yosh — 1 383 437 nafar;
-
19–30 yosh — 1 756 723 nafar;
-
31–55 yosh — 5 427 650 nafar;
-
56 yosh va undan kattalar — 2 181 520 nafar.