Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonliklar 10 oyda sartaroshxona va go‘zallik salonlariga 10,3 trln so‘m sarfladi

Tdq

Milliy statistika qo‘mitasi o‘zbekistonliklarning sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlariga qilgan xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–oktyabr oylarida mamlakatda sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlari hajmi 10,3 trln so‘mni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11 foizga oshgan.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, poytaxtda mazkur xizmatlar hajmi 1 719,4 mlrd so‘mni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati (1 411,7 mlrd so‘m) va Samarqand viloyati (1 303,8 mlrd so‘m) qayd etilgan.

Shuningdek, Namangan viloyatida 1 136,1 mlrd so‘m, Toshkent viloyatida 1 046,9 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. Andijon viloyatida bu ko‘rsatkich 658,2 mlrd so‘mni, Qashqadaryo viloyatida 632,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida 506,9 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 488,3 mlrd so‘m, Surxondaryo viloyatida 361,6 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 339,1 mlrd so‘m, Navoiy viloyatida 329,3 mlrd so‘m miqdorida xizmatlar hajmi qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkichlar Jizzax (222,2 mlrd so‘m) va Sirdaryo (140,5 mlrd so‘m) viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

Bundan tashqari, Milliy statistika qo‘mitasi 2025-yilning yanvar–oktyabr oylarida sport, ko‘ngilochar va dam olish sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 3,7 trln so‘mni tashkil etganini ma’lum qildi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16 foizga ko‘p bo‘lgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *