Haftalik

Haftalik yangiliklar

    Sud tizimida yangi tayinlovlar: Toshkent shahar sudi raisi o‘zgardi

    Rhh

    Olimjon Ismoilov sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga tayinlanib, besh yil muddatga Toshkent shahar sudining raisi lavozimini egalladi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Olimjon Ismoilov 2024-yil sentyabr oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hay’ati raisi lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.

    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17-dekabrdagi tegishli farmoyishlariga muvofiq, Ulug‘bek Almamedov besh yil muddatga Toshkent shahar ma’muriy sudining raisi lavozimiga tayinlandi. Baxodir Ergashev esa sudyalik vakolati muddati davrining besh yiliga Navoiy viloyati ma’muriy sudi raisi etib tayinlandi.

    Bundan tashqari, Farrux Abduraimov besh yil muddatga Sirdaryo viloyati sudi raisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Andijon viloyati sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi.

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *