Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklovlar joriy etildi

Pp

O‘zbekistonda metan zapravkalar ish faoliyatiga vaqtincha cheklovlar kiritilgani yuzasidan “Hududgazta’minot”ning hududiy filiallari o‘z hududlarida amal qiladigan cheklangan ish vaqtlarini e’lon qildi.

Toshkent shahrida poytaxt hokimligi bilan kelishilgan holda 78 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) ertalab soat 06:00 dan kechki 23:00 gacha ishlaydi. Shuningdek, jamoat transporti harakatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida 21 ta zapravka tungi vaqtda ham faoliyatini davom ettiradi.

Hududlarda metan zapravkalar quyidagi vaqt oralig‘ida ishlaydi:

  • Toshkent shahri — 78 ta AGTKSH, 06:00–23:00

  • Andijon viloyati — 143 ta AGTKSH, 05:00–17:00

  • Namangan viloyati — 134 ta AGTKSH, 05:00–17:00

  • Farg‘ona viloyati — 173 ta AGTKSH, 06:00–18:00

  • Navoiy viloyati — 51 ta AGTKSH, 06:00–19:00

  • Xorazm viloyati — 94 ta AGTKSH, 05:00–17:00

  • Surxondaryo viloyati — 106 ta AGTKSH, 06:00–17:00

  • Sirdaryo viloyati — 53 ta AGTKSH, 06:00–18:00

  • Buxoro viloyati — 95 ta AGTKSH, 06:00–19:00

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 124 ta AGTKSH, 06:00–18:00

  • Toshkent viloyati — 117 ta AGTKSH, 05:00–17:00

Hududiy gaz ta’minoti tashkilotlari bu cheklovlar vaqtincha ekani, tabiiy gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

Avvalroq, Energetika vazirligi tabiiy gazni avvalo aholi xonadonlari hamda maktab, bog‘cha, shifoxona, oliy ta’lim muassasalari, issiqlik elektr stansiyalari kabi ijtimoiy sohaga barqaror yetkazib berish ustuvor vazifa ekanini bildirgandi. Shu bois, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklar asosida metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklovlar joriy etilmoqda.

One thought on “O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklovlar joriy etildi

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *