Haftalik

Haftalik yangiliklar

    Energetika vaziri: “Elektr tarmoqlari qish mavsumiga to‘liq tayyor emas”

    Qww

    2025-yil 11-dekabr kuni energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga energetika tizimida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

    Hisobotdan so‘ng deputatlar vazirga elektr energiya tarmoqlarining qish mavsumiga tayyorgarligi haqida savol yo‘lladi. Jo‘rabek Mirzamahmudovning ta’kidlashicha, hozirgi kunda tarmoqlar to‘liq tayyor emas.

    “Bugungi kunda tarmoqlar to‘liq tayyor emas. Birinchi o‘rinda magistral tarmoqlar. 2025-yilning o‘zida taqsimlash tarmoqlariga 2 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Lekin magistral tarmoqlarga uzoq yillar davomida yetarli e’tibor berilmagan. Chunki generatsiyaga o‘xshab yetarli deb hisoblab kelingan. Prezidentimiz alohida topshiriq berganlaridan so‘ng magistral tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqildi. 5 ming kilometr yangi tarmoqlar quriladi”, — dedi vazir.

    Uning qayd etishicha, ushbu yangi liniyalar 220–500 kVtli, eng yuqori kuchlanishga ega elektr uzatish tarmoqlari bo‘ladi.

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *