Haftalik

Haftalik yangiliklar

    “Toshkent dengizi” yaqinida 24 tup tol noqonuniy kesilgani aniqlandi

    Tuy

    Toshkent viloyatining Piskent tumanida “Toshkent dengizi”ga yaqin hududda noqonuniy daraxt kesish holati qayd etildi. Bu haqda Viloyat Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Fuqarodan kelib tushgan videomurojaat asosida ishchi guruh tuzilib, voqea joyi zudlik bilan oʻrganildi. Tekshiruv davomida murojaatda ko‘rsatilgan manzil — Piskent tumani “Lolariq” MFY, “Yangi zamin” bogʻdorchilik va uzumchilik shirkati hududida joylashgan “SH.” fermer xoʻjaligi maydonida — dala chetida o‘sib turgan 24 tup tol hech qanday ruxsatnomasiz kesib tashlangani aniqlangan.

    Holat bo‘yicha fermer xo‘jaligi rahbaridan tushuntirish xati olinib, dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Tabiatga 218 million 566 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani hisob-kitob qilindi.

    To‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berilishi uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilgan.

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *