Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkentga Belgiyadan 93 tonna tirik qoramol olib kelindi

Moo

Toshkent xalqaro aeroportida 8-dekabr kuni muhim yuk operatsiyasi amalga oshirildi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports.

Mahalliy vaqt bilan soat 1:15 da aeroportga Air Atlanta Icelandic aviakompaniyasining Boeing 747-400 yuk reysi kelib qo‘ndi. U Toshkentga Belgiyaning Lyej shahridan 93 tonna tirik qoramol olib keldi.

Samolyot bortida Germaniya va Avstriyadan keltirilgan Simmental va Golshtin zotlariga mansub sigirlar olib kelindi. Simmentallar sut va go‘sht ishlab chiqarishda universalligi bilan mashhur, Golshtinlar esa yuqori sut sog‘imi va mahsuldorligi bilan tanilgan.

Chorva mollarni bortdan tushirish va olib ketish barcha veterinariya talablariga muvofiq amalga oshirildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *