“Toshkent shahrida transport tizimi boshqaruvini takomillashtirish hamda tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, poytaxtda 2030-yilgacha 150 ming o‘rinli to‘xtab turish joylari tashkil etilishi belgilandi.
Qarorda shaharning transport infratuzilmasini tubdan yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli maqsadlar ham aks etgan.
2030-yilgacha belgilangan asosiy ko‘rsatkichlar
-
Jamoat transportidan foydalanish ulushini 60 foizga yetkazish.
-
Avtobuslarning o‘rtacha harakat tezligini 18 km/soatdan 24 km/soatga oshirish.
-
Metropoliten tarmog‘ini 103 km.ga yetkazish.
Metro liniyalarining kengayishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
-
2027-yilda – 76 km
-
2028-yilda – 85 km
-
2029-yilda – 90 km
-
2030-yilda – 103 km
Qo‘shimcha infratuzilma loyihalari
-
600 ta avtobus bekatini rekonstruksiya qilish.
-
Piyodalar va velosiped yo‘laklarini yana 40 km.ga ko‘paytirish.
-
Poytaxtdagi 300 km avtomobil yo‘lini ta’mirlash.
-
200 ta aqlli, intellektual svetofor tizimiga ega chorrahalar yaratish.
-
4 ta yo‘l o‘tkazgich va tunnel barpo etish.
Taqdimotda qayd etilgan muammolar
3-dekabr kuni prezidentga taqdimot chog‘ida:
-
aholi va avtomobillar sonining keskin o‘sishi,
-
iqtisodiy faollik tufayli yo‘l infratuzilmasiga yuklama ortayotgani,
-
tirbandliklarning 7–8 ball darajasida odatiy holga aylangani,
-
jamoat transportidan foydalanish ulushining pastligi,
-
ekologik holatning yomonlashuvi
kabi masalalar qayd etildi.
Yangi qaror ushbu muammolarni bosqichma-bosqich hal etish va Toshkent transport tizimini zamonaviy, xavfsiz va qulay darajaga olib chiqishni maqsad qilgan.