Haftalik

Haftalik yangiliklar

Namanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltinni noqonuniy olib o‘tgan shaxs qo‘lga olindi

Oli

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida Qirg‘izistondan noqonuniy ravishda olib kirilgan yirik miqdordagi oltin savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

DXXning Namangan viloyati boshqarmasi, chegara qo‘shinlari va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tuman aholisi bo‘lgan shaxs tog‘asining topshirig‘i bilan davlat chegarasini aylanma yo‘llardan kesib o‘tib, Qirg‘izistondan umumiy og‘irligi 1 kg 168 gramm, taxminiy qiymati 1,1 mlrd so‘m bo‘lgan oltin quymasi parchalarini olib kirgani aniqlangan.

Tezkor ma’lumotga ko‘ra, u qimmatbaho metallni Kosonsoydagi boshqa bir qarindoshiga yetkazib berayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari hamda 223-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *