Haftalik

Haftalik yangiliklar

Indoneziya, Tailand va Shri Lankadagi kuchli yog‘ingarchilikda halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar aniqlanmadi — TIV

Evdd

Indoneziya, Tailand va Shri Lankada kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqinlari oqibatlari bo‘yicha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi munosabat bildirdi.

Vazirlikka ko‘ra, O‘zbekistonning mazkur davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari mahalliy rasmiy idoralar bilan doimiy aloqa o‘rnatgan. Hozirgi holat bo‘yicha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar, bedarak yo‘qolganlar yoki jarohat olganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmagan.

TIVning qayd etishicha, vaziyat bo‘yicha monitoring davom ettirilmoqda. Favqulodda holatlarda fuqarolar quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkin:

O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi:

+62 811 10 67 73 29 | embassyuzbekistan@gmail.com

O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi

(Shri-Lankadagi fuqarolar uchun):

+92 51 226 47 46 | +92 3000 340 144

O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulligi:

+66-2 675-3995 | +66-2 675-3996

Indoneziyada suv toshqini va ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlar soni 753 nafarga yetdi. Yana 504 kishi bedarak yo‘qolgani aytilmoqda. 1-dekabr holatiga ko‘ra, mamlakatda tabiiy ofat sabab hayotdan ko‘z yumganlar soni 604 nafarni tashkil etgandi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *