Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi kelishuv imzolandi

Poi

Migratsiya agentligi ma’lum qilishicha, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida mehnat migratsiyasi yo‘nalishida yangi hamkorlik kelishuvi imzolandi. Hujjat Health Resources Company kompaniyasi bilan tuzilgan bo‘lib, ushbu kelishuv orqali o‘zbekistonlik o‘rta tibbiyot xodimlari Saudiya Arabistonida qonuniy, xavfsiz va shaffof tartibda ishga joylashtiriladi.

Health Resources Company — Saudiya Arabistonida sog‘liqni saqlash tizimini markazlashgan boshqaruvga o‘tkazish bo‘yicha islohotlar doirasida tashkil etilgan muhim tuzilma bo‘lib, mamlakatdagi barcha davlat tibbiyot muassasalari uchun yagona kadrlar siyosatini yuritadi.

Agentlikning qayd etishicha, Saudiyadagi tibbiyot klinikalarida ishlash istagini bildirgan 887 nafar nomzod ichidan suhbatga tayyor deb topilganlar uchun ish beruvchilar ishtirokida Toshkent shahrida tanlovlar boshlangan. Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida saralash suhbatlari 3–4-dekabr kunlari Andijon shahrida ham o‘tkaziladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *